Yoshlarga e`tibor

Ma’lumki, sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, orzu-umidlarini ro`yobga chiqarish masalalari umummilliy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi. Zero, xalqimiz mustahkam oila barpo etish, o`g`il-qizlarini har tomonlama yetuk qilib kamol toptirish, ularning baxtidan quvonishdek ezgu fazilatlarga tayanadi.

Istiqlolning dastlabki yillaridayoq qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risida”gi, «Ta’lim to`g`risida”gi qonunlar yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularga jahon andozalari darajasida bilim berish, o`z qiziqishi va intilishiga mos tarzda kasb-hunar egallashga yaqindan ko`maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanganligi ko`rsatib o`tilgan. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to`g`risida”gi Qonunining 4-moddasida jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O`zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlangan.Mamlakatimizda «Ta’lim to`g`risida”gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta’limni tashkil etish to`g`risida”gi 1998 yil 13 maydagi 203-son qarori bajarilishini ta’minlash, ta’lim mazmuniga islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda zarur tuzatishlar kiritish, uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi qaroriga asosan «Umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standartlari to`g`risida”gi qarori tasdiqlangan.
Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida 15 ming 729 ta’lim muassasalari faoliyat ko`rsatmoqda. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida 4,458 million nafardan ortiq o`quvchiga 390 ming nafardan ortiq ustoz va murabbiy, maktabgacha ta’lim muassasalarida 581 ming nafardan ortiq tarbiyalanuvchilarga qariyb 52 ming nafar pedagog ta’lim-tarbiya bermoqda.
Ayni kunda maktablarning 9-sinflarini 501 ming 234 nafar o`g`il-qiz tamomladi. Ularni ta’limning keyingi bosqichiga to`liq qamrab olish maqsadida 1-9-sinf o`quvchilariga oid to`liq ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.
Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bolalarning kelgusida qaysi kollej yoki litseyda tahsilni davom ettirishini mukammal o`rganish maqsadida maxsus so`rovnomalar o`tkazildi. «Kasblar festivali», o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dargohlarida «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlarining tashkil etilishi bolalarning to`g`ri kasb tanlashiga ko`maklashishdi.
Bitiruvchilar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomalar natijasiga ko`ra ularning 44 ming 393 nafari akademik litseylarda, 456 ming 841 nafari kasb-hunar kollejlarida o`qish istagini bildirgan.
Lekin, ayrim ota-onalar turli sabablarga ko`ra farzandlarining ta’lim olishiga loqaydlik bilan qaramoqda. Buning oqibatida yoshlar o`rtasida turli xil huquqbuzarliklar ko`payib bormoqda. Mamlakatimizning kelajagi hozirgi yoshlarning qo`lida ekanligini inobatga oladigan bo`lsak, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi ota-onalarning zimmalariga katta majburiyatlar yuklaydi.
Ushbu majburiyatlarini bajarmayotgan ota-onalar uchun O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 47-moddasida javobgarlik belgilangan. Ushbu moddaga ko`ra ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi belgilangan.
Shu bilan birga, bolalarning majburiy umumiy o`rta ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to`sqinlik qilish esa eng kam ish haqining besh baravaridan o`n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Joriy yilning 5 avgust holatiga 501234 nafar bitiruvchilardan 499 464 (99,6%) nafarining hujjatlari o`rnatilgan tartibda (akademik litseylarga 34 414 nafar, kasb-hunar kollejlariga 464 945 nafar va din ishlari bo`yicha qo`mitaga qarashli ta’lim muassasalariga 105 nafar) o`rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining o`quvchilar safiga qabul qilindi.

Xalq ta`limiz vazirligi
Bоlаlаrni ijtimоiy qo’llаb-quvvаtlаsh vа
rеаbilitatsiya qilish sho’bаsi yetakchi nazoratchisi
Azizbek Mutaliev

Добавить комментарий