“Prezident archasi” tantanalari

Joriy yilning 29-30 dekabr kunlari poytaxtimizning “Turkiston” saroyida “Prezident archasi” tantanalari bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirlarda Mehribonlik uylari, “SOS – bolalar mahallasi”, ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar hamda yurtimiz tinchligi yo’lida qurbon bo’lgan huquq-tartibot organlari xodimlarining farzandlari ishtirok etdilar. Bayram tantanalarida bolajonlar uchun “Tomosha” bolalar studiyasi tomonidan tayyorlangan «Mo‘jizalar kitobi» teatrlashtirilgan dasturi, estrada ijrochilari va sirk ustalari ishtirokidagi musiqiy dastur, rang-barang raqslar namoyish etildi.

Manbaa: uzedu.uz