KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ POYDEVORI

 

1221 21212

Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda o‘quvchilarning ma’naviy olamini boyitish, zukkolikka undash, huquqiy savodxonligini oshirish, mustaqil fikrlashga undash har bir o‘qituvchining muqaddas burchi hisoblanadi.

7-dekabr kuni Yangibozor tumanidagi 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Milliy g‘oya fani o‘qituvchisi G.Matlatipova yoshlarni vatanparvarlikka undash, yot g‘oyalarga berilmaslik, qonun ustuvorligi to‘g‘risida bilimlarini oshirish maqsadida tadbir o‘tkazdi.

O‘quvchilar asosiy qomusimiz to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar, moddalarga she’riy yo‘l bilan izoh berdilar, sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.