“Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish” mavzusida davra suhbati

Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida “Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda turli vazirlik va idora vakillari, umumta’lim maktablari rahbarlari va chet tili o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar Prezidentimizning “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borilayotgan ishlar va yangiliklar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi. 3-sinf o‘quvchilari uchun nashrga tayyorlanayotgan “Kids’ English” darsligi mualliflari o‘quv qo‘llanmaning qulaylik va afzalliklari haqida fikr bildirdi. Shuningdek, davra suhbatida boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishning samarali usullari, pedagoglarning uzluksiz kasbiy malakasini oshirish, o‘quvchilar bilimlarini baholash mezonini o‘rganish masalalari tahlil etildi.

Manbaa: multimedia.uz