Maktab tarixi

 Yangibozor tumani Boshqirshix qishlog`idagi 2-sonli maktabning kelib chiqish tarixi

        Mazkur maktab 30-yillarning boshlarida tashkil qilingan bo`lib o`zining o`tmish tarixiga va boy mazmuniga ega.Maktab 1959-yildan boshlab Sadriddin Ayniy nomi bilan yuritilgan va o`tgan asrning 50-yillariga qadar (hozirgi Yangibozor shaharchasi,Bishqirshix qishlog`i xududidagi) o`quvchilarning 7 yillik ilm maskani bo`lib kelgan.Maktab ilk tashkil qilinganidan  o`tgan asrning 70-yillarigacha bo`lgan davrlarda o`qituvchilar asosan Urganch, Xiva va boshqa tumanlardan kelganlar.Masharip Yoqubov,Sobir Sharipov ,er-xotin Golimovlar ,Sobir Yusupov,Xo`jamurot Razzoqov,mahalliy kadrlardan esa Ro`zim Safoyev,Quronboy Ollanazarov ,Xolli Karimov,     Sobir Yusupov,              Onajon Otayeva,Bibijon Qo`ziyeva,Otaxon Nurullayev,Abdulla Avezovlar samarali ishlaganlar.Maktab qishloq yoshlariga ta`lim — tarbiya berishda  va  barcha sohalarga oliy ma`lumotli mutaxassis kadrlar yetishtirishda katta tarixiy ahamiyatga egadir.Maktabda ilk saboq olgan o`quvchilardan Safarboy Madaminov,Otaxon O`razmetov,Odil Oqmanov,Ro`zim Qurbonov va boshqalar viloyatda eng nufuzli tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlab hatto Respublikada tanilgan,obro`-e`tibor topganlardan biridir.    Qishloqda ta`lim tarbiyani rivojlantirishga sobiq o`qituvchilardan oliy ma`lumotli ,malakali o`qituvch bo`lib yetishib chiqqanlardan fizika-matematika fanidan Soliy Bobojonov,Davlatyor Jumanov,Gulsara Madaminova,tarix-geografiyadan Erkin Aliyev,Otaxon Yusupov,Shodmon Saforboyeva,Otanazar Qurbonov,o`zbek tili va adabiyotidan                      Ilhom Aliyev,Shukurjon Ro`zimova,Jamila Iskandarova, Oyposhsha Otaboyeva ,Hajigul Madaminova,Ximiya–biologiyadan Normat Xudoyberganov,boshlang`ich sinflar bo`yicha Maryam Xudoyorova,O`g`iljon Rajabova,Bibijon Tajiboyeva va boshqalar o`zlarining munosib hissalarini qo`shgan.   Hozirgi kunda maktabda jami615 o`quvchiga 53 nafar o`qituvchi ta`lim tarbiya berib kelmoqdalar.Ulardan 6 nafari oliy toifali,15 nafari 1-toifali,10 nafari 2-toifali,17 nafari mutaxassis  o`qituvchilardir.1989-yildan boshlab hozirgi kungacha Shonazar Jumamurotov rahbarlik qilmoqda,ilmiy bo`lim mudiri Davron Raximov,tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Soliyajon Qodirova maktabda ta`lim-tarbiya ishlarini namunali yo`lga qo`yishda ,yosh avlodni puxta bilim olishlari uchun barcha shart sharoitni yaratishda, o`qituvchilar- ning malakasini oshirishda tashkilotchilik ishlarini olib bormoqdalar.Maktabda o`quvchilaga ta`lim–tarbiya berishda rasmchizmachilik fanidan Dilbar Aliyeva, kimyo–biologiyadan Soliyajon Qodirova,Ro`zimova Nilufar,fizika-matematika fanidan Saltanat Qo`chqarova,Rayhon Rajabova,tarix fanidan Murod Safarov,rus-tili fanidan Farida Shixnazarova,Ikrom Bozorboyev,boshlang`ich sinflarda Sharofat Boboniyozova,Umida Otajonova,Nurmetova Qumri va boshqalarning ishlari ayniqsa diqqatga sazovordir.