Maktab kutubxonasi

    Маktab  kutubxonasiga jami 42 o`qituvchi va 549 o`quvchi a`zo qilib olingan. Har bir o`qituvchi va o`quvchi o`z  fo`rmulyariga  ega.Маktab kutubxonasiga turli xildagi yangi badiy kitoblar olib kelingan. O`quvchilar bu badiy kitoblardan unumli foydalangan  holda va o`z  qiziqishiga qarab badiy kitoblar tanlashadi,har bir  o`quvchi  kutubxona qoidalari bilan tanishganlar va shu qoidalariga har doim amal qilishgan. Har bir  o`quvchiga berilgan  badiy kitoblar o`z vaqtida  mаktab  kutubxonasiga  qaytariladi  va shu  o`quvchidan  olingan  badiy kitobi haqida o`z fikri va mulohazasi so`raladi. Маktab  kutubxonasida jami   625 ta  badiy kitoblar  mavjud. Маktab  o`quvchilari darsliklar bilan to`liq ta`minlangan. O`quvchi foydalanayotgan  darsliklarni dushanba va shanba kunlari  kutubxona xodimasi tamonidan   darsliklar holati ko`rib chiqiladi va   darsliklarni yanggi va ozoda qilib saqlagan   har bir  sinf uchun har oy oxirida maqtov yorliqlar beriladi.

  Маktab  kutubxonasidan o`qituvchilar ham unumli foydalangan holda o`z fanlariga doir kitoblar va badiy adabiyotlar olib foydalanadilar va mutola qiladilar. Маktab  kutubxonasidan olingan har bir kitob olgan  o`qituvchilar   fo`rmulyariga yozilib boriladi. O`qituvchilar maktab kutubxonasidan foydalanib o`z bilim va ko`nikmalarini oshiradilar.Maktab kutubxonasida kitobxonlar bilan birgalikda turli tadbirlar va davra suhbatlari bo`ladi.8-9 sinf o`quvchilar bilan birgalikda prezidentimizning  » Yuksak manaviyat — yengilmas kuch» asarini davra suhbati asnosida muhokama qildik.  Maktab kutubxonasida »Kitobxonlar bayrami»  Yangi asarlar va badiiy adabiyotlar   taqtimoti o`tkazib boriladi.Yangi badiiy adabiyotlar nashri haqida ma`lumotlarni biz »Ma`rifat» va »Kitobxon» gazetalari orqali bilib boramiz.

мукиш3

Pedogogik jamoa blian hamkorlikda o`quvchilarning darsliklar bilan ta`minlanishini yo`lga qo`yganmiz.Bunda biz har bir sinfni darsliklar bilan to`liq ta`minlash va ushbu darsliklarni ozoda saqlanishini ta`minlash maqsadida ushbu sinf rahbari bilan dalolatnoma tuzilgan. дарслик хол  Sharq mutafakkirlari «Madaniyat» tushunchasini ma`rifat,farosat,aql,ilan uyg`un tarzda talqin etib kelganlar.Xususan,Abu Rayxon Beruniy ma`rifatning yuksakligi hamda shu ma`rifiy qadriyatlarning muayyan millat vakillari tamonidan o`zlashtirilganlik darajasi xalqning umumiy  madaniyati qiyofasini belgilab beradi,degan nuqtaiy nazarini ilgari surdi.Uo`zining «Hindiston» asarida madaniy hodisalar ichida kitobga  ongli munosabatda bo`lish,madaniyat va o`qish,anglash,talqin qilish hodisalari o`rtasida bevosita bog`liqlik mavjudligini asoslab bradi.Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino esa  ma`rifiy tarbiya ishini uzviy maqomga ko`chirish insonningyaxlitligi  va kamolotini  ta`minlashimkonini berishga qat`iy ishongan.

Bizning nazarimizda «Madaniyat» tushunchasining yagona ta`rifi mavjud emasligiga  asosiy sabablardan yana biri, mazkur hodisa turmush tarzimizning ko`plab  sohalariga singishib, jamiyat hayotining barcha jabhalarida namayon bo`lib borayotganligidir.Jamiyatimiz madaniyatining tarkib topishi,shakllanishi va rivojlanishida ham umumiy madaniyatning,yani aholining yalpi ijtimoiy,iqtisodiy,ma`naviy tayyorgarligi,yuksak madaniyati muhim  ro`l  o`ynaydi.Shunday qilib, mutolaa madaniyati ham,axborot madaniyati ham umumiy madaniyatning  hosilaviy ko`rinishga aylangan.Mutolaa madaniyati kitobga qiziqish,ommaning nashr etilayotgan adabiyotlar bilan kengroq tanishishiga rag`bat uyg`otib,kitob va u bilan ishlash haqida maxsus bilimlarga,axborot manbalaridan to`liq foydalanishga yorda beruvchi ko`nikma va malakaga ega bo`lishni taqoza etadi.Kishining biror manbani to`laqonli tushunishi,undan estetik zavq olishi,muallif fikri va g`oyasini anglashi hamda uni baholay olishi ana shu talab bilan uyg`unlashib ketadi.Bundan tashqari, kitob va kutubxonadan foydalanish, o`zini qiziqtirgan masalalarga doir manbalarni izlab topish,uni o`z faoliyatida qo`llash jarayoni uzluksiz kechadi.Kitobni tanlash,inu tez o`qish,avaylab saqlash,shaxsiy kutubxona tashkil etish,o`qilgan kitobni boshqalarga tavsiya eta olish ham mutjlaa madaniyatiga xos hodisa hisoblanadi.Demak,mutolaa madaniyati insonni bevosita amaliyotga kirishish,hayot bilan uyg`unlashish,ma`naviy yuksalishga yo`naltiradi.Mazkur muassasalarga kelib -ketuvchilarni majburiylik emas,balki ma`naviy ehtiyoj,o`z bilimi va saviyasini yanada oshirishga ixtiyoriy intilish undayotgan bo`sa ajab emas.

Maktab kutubxonasida tadbirlar o`tkazildi.Bu tadbirlar doirasida kitobxonlarni yanada kutubxonaga jalb qilish.Bu tadbirlarda o`quvchilar o`zlariga yoqqan kuy va qo`shiqlarni aytishadi.Yaqinda maktab kutubxonasida «Eng faol kitobxon » ko`rik tanlovi bo`lib o`tdi bu berlashuvda 9 sinf o`quvchisi Bobojonova Nodira va shu sinf o`quvchisi Madaminova Mumtoz,8 sinf o`quvchisi Jumanazarova Bekposhsholar g`olib deb topildilar va maktab mamuriyati tamonidan rag`batlantirildi va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Добавить комментарий