Fan oyligi

Fan oyliklarining o’tkazilishi va samaradorligi

Maktabda fanlarning o’qitilishi samaradorligini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 18 yanvarda «Umumta’lim muassasalarida fan oyliklarini o’tkazish to’grisida»gi 16-sonli buyrug’i yuzasidan maktab buyrug’i chora-tadbir ishlab chiqilib, asosida 2007 yil fevral oyidan boshlab maktabda fan oyliklari reja asosida bajarilib borilmoqda. Maktabda o’tkazilayotgan fan oyliklarining tartib mazmuni va ped kengashlarida e’lon qilingan. Shu tartib bo’yicha xar oyning birinchi kunida burchak tashkil etilgan. Xar bir o’tkazilgan fan oyligi uchun tadbir senariysi va xisobotlari tayyorlanib borildi. Fan oyliklari davomida eng yaxshi dars ishlanmalari, referatlar, ko’rgazmali qurollardan foydalanildi, ochiq darslar o’tkazildi, yosh o’qituvchilarga uslubiy yordam ko’rsatildi.

Sentabr oyida maktabda 2015 yil 21 avgust  №36 -sonli buyrug`i asosida geografiya va iqtisodiy bilim asosla fanlar oyligi o`tkazildi . Ushbu fan oyligini na’munali qilib o`tkazish yuzasidan yuqoridagi fanlardan amalga oshiriladigan ishlar bo`yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan .

Oktabr  oyida maktabda 2015 yil 30 sentabr  №42 -sonli buyrug`ii asosida  ona tili va adabiyot fan oyligi o`tkazildi  fan oyligini na’munali qilib o`tkazish yuzasidan yuqoridagi fanlardan amalga oshiriladigan ishlar bo`yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan . Fan oyligiga bag`ishlab ko`rgazmalar burchagi, devoriy gazeta va shiorlar, chiqarildi. Sinflar o`rtasida turli bellashuvlar va kechalr o`tkazildi.

Noyabr oyida maktabda 2015 yil 31oktabr   №46 -sonli buyrug`ii asosida  rus tili va adabiyot fan oyligi o`tkazimoqda  fan oyligini na’munali qilib o`tkazish yuzasidan yuqoridagi fanlardan amalga oshiriladigan ishlar bo`yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan . Fan oyligiga bag`ishlab ko`rgazmalar burchagi, devoriy gazeta va shiorlar, ushbu tillarda so`zlashuvchi mamlakatlar urf -odatlari va shaharlariga oid plakatlar va bukletlar chiqarildi. Sinflar o`rtasida turli bellashuvlar va kechalr o`tkazildi.

Yuklab olish

fan oyligi reja ona tili

Fan oyligi rejasi

Добавить комментарий