Dars ishlanmalar


Yangibozor tumani XTB ga qarashli 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi  tarix fani o’qituvchisi Ramazanova Dildoraning tarix fanidan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi

 

MAVZU: Qadimgi Yunoniston madaniyati

  1. Maqsad va vazifalar:
Dars maqsadi: O’quvchilarga Qadimgi Yunoniston madaniyati haqida ma’lumot berish
Darsning ta’limiy vazifasi: Qadimgi Yunoniston madaniyati haqida bilim berishDarsning tarbiyaviy vazifasi: O’quvchilarni yangi bil­imlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo’naltirish hamda ularda ona Vatanga nisbatan muhabbat tuyg’ularini shakllantirish. Urushga nafrat, tinchlik uchun kurashish ruhida tarbiyalashDarsning rivojlantiruvchi vazifasi: Ularda umumlashma xulosalar chiqarish ko’nikmasini shakllantirish.

 

  1. Yangi dars mazmunining tayanch tushunchalari, atamalari, tarixiy sana, nom va ismlar:
  • Fuqaro tarbiyasi
  • Olimpiya o`yinlari

Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari

Yunonistonda teatr

 

 

 

III.O’quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi Metod: “Debat”, “Baxs-munozara”
Dars turi: Yangi bilim beruvchi Vosita: 6-sinflar uchun Elektron darslik disklari,darslik, plakatlar; tarqatma materiallar,dunyoning siyosiy xaritasi,rasmlarNazorat: Og’zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish,yozma,test  (keraklisi chiziladi)
Baholash: Rag’batlantirish, 5 ballik reyting tizimi aso­sida.

 

 

Fuqaro tarbiyasi. Bolalikdan yunonlar miyasiga jamoat ishlari shaxsiy yumushlardan ustuvor ekanligi to`g`risidagi dunyoqarash singdirilar edi. Maktablar faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalashi iozim edi. Sport rivojlantirilishi va Olimpiya o`yinlariga yalpi qiziqish ham shunga xizmat qilar edi. Bolalikdanoq o`g`il bolalarga she’riyat va musiqaga muhabbat hissi singdirilardi.

Arslonni yenggan Gerakl haykaliga nazar tashlaymiz. Qadimgi yunon haykaltaroshi Geraklni barvasta pahlavon sifatida tasvirlagan. Orqa oyoqlarida turib olgan bahaybat arslon esa Geraklning yelkasidan ham kelmaydi. Ammo nega Gerakl libossiz tasvirlangan? Bu qadimgi yunon tasviriy san’atining o`ziga xos jihatlaridan biridir. Haykaltarosh nazarida Geraklning kuch-qudratini ko`rsatish muhim edi. Bordi-yu usta haykaltarosh bahodirni kiyimda tasvirlasa, uning arslonni yengayotgan mushak va changallaridagi kuchni ko`rmagan, qudratli, mashq ko`rgan tanasi go`zalligini his etmagan bo`lardik.

Umumiy ta’limdan tashqari o`g`il bolalar ikki yillik harbiy ta’limni ham o`tashgan. Birinchi yili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo`lishni o`rganishardi. Ikkinchi yili esa ayrimlari Attika chegara qal’alarida harbiy xizmatni o`tasa, boshqalari Pirey portida dengizchilik san’ati asoslarini o`rganishar edi.

Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda 30 yoshga to`lmagan erkaklarningbarchasi qurol-yarog`lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko`rikka yetib kelishi shart bo`lgan. So`ngra esa o`z xudolari, jonajon kulbasi va mamlakati uchun janglarga kirishgan. Vatanga muhabbat har bir fuqaroning fidoiyligi va jasorati hisoblangan.

Eslab qoling! Ilk Olimpiya o`yinlari mil. avv. 776-yildan mil. 394-yilga qadar o`tkazilgan. 1896-yilda Olimpiya o`yinlari qayta tiklanib hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda.

Yunonlarga yuksak vatanparvarlik hissi xos bo`lgan. Vatan himoyasi yo`lida halok bo`lganlar qahramonlar deb e’lon qilinar edi. Qahramonlar dafn etilgan joylarda qurbonliklar bag`ishlangan.

Olimpiya o`yinlari

Sport barcha yunonlar uchun sevimli mashg`ulot bo`lgan edi. Miloddan avvalgi 776-yilda ilk bor o`tkazilgan Olimpiya o`yinlari turli-tuman sport musobaqalari orasida eng asosiysi hisoblangan. Ana shu sanadan boshlab har to`rt yilda bir marta Olimp tog`ida muqaddas olov Quyosh nurlaridan yondirilar, Yunonistonning to`rt tarafidan kelgan sportchilar beshkurashda bellashar edi. Beshkurash esa uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurashdan iborat bo`lgan. Otchoparda esa aravalarda va otlarda poyga uyushtirilar edi. Odamlar va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishlari uchun o`yinlar o`tkazilayotgan paytda urushlar to`xtatilar edi.

Yunonistondagi Olimpiya o`yinlari Olimp xudosi Zevs sharafiga bag`ishlab o`tkazilgan. Afsonalarga ko`ra olimpiada o`yinlari asoschisi Gerakl hisoblangan. Olimpiya o`yinlarida faqat jinoyat sodir etmagan, sha’niga dog` tushirmagan ozod yunon ishtirok etishga haqli edi. Musobaqalarda uch karra g`alaba qozongan sportchi Olimp tog`ida o`z haykalini o`rnattirishga haqli bo`lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiya o`yinlariga qarab yuritganlar.

G`oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to`qilgan gulchambar bilan taqdirlangan. Ayollar Olimpiya o`yinlarida ishtirok eta olmasdi. Ayollar o`yinlar paytida hatto Olimp tog`i yaqiniga ham kela olmasdilar. Ayollar uchun yugurish bo`yicha alohida musobaqalar o`tkazilaredi.

394-yilda ustma-ust sodir bo`lgan zilzila oqibatida Olimpiya vayron bo`lib ketgani sababli qadimgi Olimpiya o`yinlari ham o`tkazilmasdan qoldi. Nihoyat, 1896-yilda Olimpiya o`yinlari qayta tiklandi. Olimpiya o`yinlari ochiladigan kunda qadimgi mash’ala yoqish odati hozirgacha saqlanib qolgan. Quyosh nurlaridan yondirilgan mash’ala Olimpiya musobaqalari o`tkaziladigan joyga keltiriladi.

Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari

Miloddan avvalgi 1200-yillarda yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilishgan. Ular mo`l-ko`l o`lja ilinjida urush boshlashgan. Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni ham bayon qiladi. Eng chiroyli ayol Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelena edi. Troya podshosi o`g`li Paris Sparta podshosinikiga keladi va Sohibjamol Yelenani Troyaga o`g`irlab ketadi. Voqeadan xabar topgan Sparta podshosi Parisdan qasos olishga ahd qiladi va barcha spartaliklarni Troya bilan urushga chaqiradi. Yunonlar to`qqiz yil Troyani behudaga qamal qiladilar.

«Iliada» degan mashhur yunon dostoni ana shu urushning oxirgi o`ninchi yili haqida hikoya qiladi. Odisseyning maslahati bilan yunonlar ayyorlikni ishga soladilar: ichi bo`m-bo`sh ulkan yog`och otyasashadi. Ana shu yog`och ot ichiga yunon qo`shinlarining bir qismi yashiringan, qo`shinning boshqa bir qismi esa yaqindagi orollardan biriga o`rnashib olgan edi. Troyaliklar yunonlar qamal qilishni to`xtatishdi va Troya homiysi Afina Palladaga xush kelishi uchun bizga ot sovg`a qilishdi, degan to`xtamga keldilar va yo`g`och otni shaharga olib kirdilar.

Kechasi otning ichidan chiqqan jangchilar darvozalarni ochdilar, Troya bosib olindi. Hozirgi tillarda «Troya oti» iborasi xosiyatsiz sovg`a-salom ma’nosini anglatadi.

«Iliada» dostonining bosh qahramoni Axillesdir. O`g`lining mangu barhayot bo`lishini istagan ona chaqalog`ini Stiks daryosiga botirib oladi. Ayni mahalda Axillesning onasi ushlagan tovoniga suv tegmasdan qoladi. Janglardan birida Axilles tovoniga tekkan o`qdan halok bo`lgan. O`sha kezlardan beri «Axilles tovoni» iborasi nozik joyni anglatadi.

Eslab qoling! 394-yilda ustma-ust sodir bo`lgan zilzila oqibatida Olimpiya vayron bo`lganligi sababli Olimpiada o`yinlari o`tkazilmay qo`yilgan.

Eslab qoling! XIX asr oxirida nemis olimi Genrix Shliman Gomerning poemasini o`qib, Troyaning joylashgan manzilini aniqladi. U 1870-yilda Turkiyaning Hisorlik shahri hududida qazish ishlarini boshladi va Troya xarobalarini topdi.

Qadimgi yunon shoiri Gomer «lliada» va «Odisseya» poemalari muallifi hisoblanadi. Lining hayoti haqida deyarli hech narsa saqlanib qolmagan. Afsonalarda yo`zilishicha u so`qir bo`lib yurtma-yurt kezib cholg`u asbobi jo`rligida o`z she’rlarini kuylagan.

Troya urushi nihoyasiga yetdi. Yunonlar Troyani taladilar va mo`l-ko`l o`ljalar bilan uyga qaytmoqchi bo`lishdi. Ular Egey dengizi orqali uzoq va xatarli yo`llardan o`tishlari kerak edi. Ammo eng ko`p mashaqqat va sarguzashtlar Odissey va uning hamrohlari chekiga tushadi. Odissey nihoyat jonajon Itaka o`lkasiga yetib kelguniga qadar dengiz va begona yurtlarda sarson bo`ladi.

XIX asrning oxirida nemis olimi Genrix Shlimann Gomer hikoyalarini tadqiq qilib, Troya joylashgan yerni hisoblab chiqdi. 1870- yilda olim Turkiyadagi Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazishma ishlarini boshlab yubordi, chindan ham Troya qoldiqlarini topdi.

Mabodo hozirgi olimlar ixtiyorida «lliada» va «Odisseya» dostonlari bo`lmaganida biz bundan uch ming yil muqaddam yashagan yunonlar hayoti haqida deyarli hech narsani bilmagan bo`lar edik.

 

Geraklning sher bilan jangi; Bokschi haykali.

Olimpiya o`yin­lari g`olibi; Comer-qadimgi yunon shoiri; Troya oti; Yunon teatri

Yunonistonda teatr

Bundan ikki yarim ming yil muqaddam Yunonistonda teatr dunyoga keldi. «Teatr» so`zini yunonchadan tarjima qilganda «tomoshalar uchun joy«, «tomoshaxona» degan ma’nolarni anglatadi.

Qadimgi yunon teatrlari maydoni o`lchamlari kattaligi bilan ajralib turgan. Afina teatri 17 ming tomoshabinga mo`ljallangan edi. Tomoshalar faqat bayramlarda uyushtirilgan. Erta tongdan boshlangan tomoshalar kun bo`yi davom etardi. Tomoshabinlarga bir necha pyesalar namoyish etilar edi.

Teatrga kirish uchun arzimas tomosha haqi yig`ilgan. Qashshoq fuqarolarga teatrga borishi uchun pul berilaredi. Oldingi qatorlardagi o`rinlartekin bo`lib, kohinlar, strateglar, davlatga muhim xizmatlar qilgan fuqarolar kabi faxrli tomoshabinlarga mo`ljallangan edi.

O`zaro kurash namoyish etilgan, odatda qatnashuvchi kishilar halok bo`lishi bilan tugaydigan pyesalar tragediya deyilgan. «Shoh Edip» va «Antigona» singari eng mashhur tragediyalarni Sofokl yozgan edi.

Ajoyib qochiriqlar, quvnoq sahnalar, nozik yumorga boy komediyalar esa inson nuqsonlari ustidan kuladi. Aristofan komediyalar ustasi edi. «Arilar», «Qushlar», «Baqalar» degan mashhur komediyalarni ana shu muallif yozgan.

Haykaltaroshlik va me’morchilik

Yunonlar nafaqat podsholar va zodagonlar uchun saroylar va maqbaralar, balki hamma odamlar foydalanadigan jamoat binolari ham barpo etishgan. Haykallar va boshqa haykaltaroshlik asarlari faqat saroy a’yonlari uylarini bezamasdan, ayni mahalda shahar maydonlari, ibodatxonalar, hammaga ochiq tomoshaboglar va stadionlarni ham bezab turar edi.

Miloddan avvalgi VII asrdan boshlab ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari toshdan barpo etila boshladi, ayni paytda xususiy uylar g`ishtdan va paxsadan qurilar edi. Ustunlar jamoat binolari va ibodatxonalarning alohida bezagi va ko`rki edi. Ustunlar metall o`qlar yordamida bir-biriga mustahkamlangan bir necha tosh bo`laklaridan yasalgan.

Eslab qoling! Mashhur tragediyalarni Sofokl yozgan. Aristofan esa komediyalar ustasi edi.

Eslab qoling! Yunon haykaltaroshi Fidiy Afinadagi Parfenon qurilishiga va Akropolning qayta qurilishiga rahbarlik qildi.

 

Zevs va Apollon.

Parfenon peshayvonining

yuqori qismi; Fidiyning Afina

hukmdoriga Parfenon frizini namoyish qilishi.; Parfenon; Olimpdagi Gerakl haykali; Kentavr va Afina

 

Qadimgi Misr haykallarida fir’avnlar tasvirlangan bo`lsa, Yunoniston san’atkor haykaltaroshlari o`z zamondoshlari haykallarini yasashgan. Ular haykallarda epchillik, kuch-qud­rat, salomatlik va go`zallik singari har bir fuqaroni tarbiyalash­da zarur bo`lgan fazilatlarni alohida bo`rttirib ko`r­sa­tishga ha­ra­kat qilishgan. Bu narsa ayniqsa, Mironning «Disk uloqtiruv­chi» degan haykaltaroshlik asarida yorqin ifpda etilgan. Yunon haykaltaroshlari qahramonlar, Olimpiada o`yin­lari g`o­liblari yoki jangda zafar quchganlar sharafiga haykallar tiklashgan. Haykallar shu qadar ko`p ediki, tarixchilar Afinada tirik odamlarga qaraganda jonsiz haykallar ko`proq deb yozish­gan.

Eng buyuk yunon haykaltaroshlaridan biri Fidiy edi. U Afinada Parfenon barpoetilishi va Akropol qayta qurilishiga boshchilik qilgan. Uning mashhur asarlaridan biri, Yer yuzidagi yetti mo`jizaning biri hisoblangan, Olimpiyalik Zevs haykali bo`lgan. Arxitektor va haykaltarosh Dedal Minos degan podsho uchun mashhur Labirint saroyini barpo etgan.

Akropol markazida Parfenon bunyod etildi. Parfenon Yunonistondagi eng a’lo marmar toshlardan qurilgan. Yorug`lik tushishiga qarab u o`z rangini oltin rangidan havorang yoki kulranggacha o`zgartirib, tuslanib turgan. Baland tepalik Parfenonning poydevori bo`lib xizmat qilgan. Ibodatxona go`yo qoyaga singishib ketib, uning bir qismiga aylanib qolgandek tuyuladi. Ustunlari bilan bino oldiga chiqib turgan peshayvon Parfenonga alohida ko`rk bag`ishlagan. Peshayvonning yuqori qismi (peshtoqi)da xudolar siymosi tasvirlangan.

 

Tayanch konspekt

  • Olimpiya o`yinlari avv. 776- yil — birinchi marta

394- yil — oxirgi marta

1896-yil — qayta tiklandi

  • Gomer «Iliada» — Troya urushi haqida

«Odisseya» — Odissey sarguzashtlari haqida

 

  • 870- yil — Genrix Shliman — Troya shahri joylashuv o`rni

 

  • teatr
  • tragediyalar ® Sofokl

komediyalar ® Aristofan

  • Fidiy ® Parfenon

 

9- sinf Konstitutsiyaviy huquq  fanidan .

Sana:  _____          Soat: 1  

Mavzu:                             Siyosiy huquqlar

Maqsad:

1.Talimiy maqsad: mavzu orqali o`quvchilarga bilim , malaka , ko`nikma

berish. Siyosiy huquqlar haqida tushuncha berish.

  1. Tarbiyaviy maqsad: mavzu orqali o`quvchilarni yetuk, mustaqil, komil insonlar tarzida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning huquqiy savodxonligini va shaxsiy psixologik xususiyatlarini : xotira, tafakkur, idrokni shakllantirish.

Dars tipi: Yangi BMK hosil qiluvchi.

Dars uslubi: og`zaki

Dars uslubi: ko`rgazmali, amaliy

Dars jihozi: darslik, dunyo siyosiy xaritasi, mavzuga oid rasmlar qo`shimcha adabiyotlar, elektiron darslik, kompyurter, proyektor, tarqatma materiallar ballar yozilgan kartochkalar doska bo`ri.

Darsning bosqichlari

 

T/r Bajariladigan ishlar Vaqt
  1 Tashkiliy  qism 3 minut
  2 Aqliy hujum 10 minut
  3 Klaster usuli 5 minut
  4 Hayoliy sayohat 15 minut
  5 Kemani ashrab qolish 5 minut
  6 Dars yakuni 5 minut
  7 Uyga vazifa 2 minut

 

Dars shiori:

Har qaysi xalq yoki millatning davlatchilikning rivojlanishi,saylov tizimi, Siyosiy huquqlar eng muhim omillardan.

Dars berilgan reja asosida olib boriladi.Dunyo xabarlari,tinglanib davomat sinf tozaligi tekshiriladi.

O`qituvchi: Aziz o`quvchilar bugun siz bilan yana uchrashib turganimdan xursandman.

Butun dunyo  davlatchilikning saylov tizimi bilan huquqi rivojlanishida Siyosiy huquqlarni bugun ham o`rganar  ekanmiz O`zbekiston Respublikasi fuqarosi qanday siyosiy huquqlarga ega bo`lishi ,jamiyat va davlat ishlariniboshqarishda ular qaysi shakllarda ishtirok etishlari mumkinligini bilib olasiz.Uni 1soatlik dars davomida `organish qiyin, Butun dunyo  yaratgan saylov tizimi bilan huquqi rivojlanishida  bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmay asrlar davomida qo`llanilib kelinmoqda.

 

“Aqliy hujum usuli”dan foydalanib o`tilgan darsni takrorlab olsak buning uchun o`quvchilarni 3 guruhga bo`lib 3 guruhga 3 xil savol beriladi va javoblar tinglanadi.

Savollar

1-guruhga. Siyosiy huquqlar insonga nimaga kerak ?

2-guruhga. Shaxsiy va siyosiy huquqlar qay tarzda o`zaro bog`langan ?

O`qituvchi. “Kompyuter usuli “dan foydalanib kompyuterda yangi mavzuga oid  tushunchalar atamalar rasmlar va slayd nomoyishini o`tkazadi.

“Klaster usulida” foydalanib 3 guruhdan 3-o`quvchi doskaga chiqib “Siyosiy huquq”ga oid so`zlarni  aylanasiga qarab  jadvalni davom ettiradi.

“Hayoliy sayohat” usulidan foydalanib o`qituvchi o`quvchilarni tarixiy g`oyibona sayohatga taklif etadi.

Unda Siyosiy huquqlar haqida nima deya olasiz Savoli beriladi ? O`quvchilar fikrlari tinglanib baholaniladi.

“Kemani asrab qol “ usulidan foydalanib guruh sardorlarini doska yoniga taklif qilamiz va o`tilgan mavzular yuzasidan 3 tadan savоllar beramiz.Barcha savollarga javob bergan sardor baholanadi.

 

Dars yakunlanib: o`quvchilar bilim,ko`nikma, malakalari baholanib rahbatlantiriladi.

Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.

 

 

 

O`qituvchi  :                                                       Zaripov.A

 

Xorazm viloyati Yangibozor tuman 2-son  umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Jumamurodova Maryamning bir soatlik  dars ishlanmasi

Dars jaroyoni va texnologiyasi.


Ishning nomi

Bajariladigan ishning nomi

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

Tanishuv,  o’quvchilar davomatini aniqlash

“Tez javob” didaktik o’yinlar

2 daqiqa

2-bosqich. (refleksiya ehtiyojlarini aniqlash)

Darsning shiori belgilanadi.

B.B.B Interaktiv metod

3 daqiqa

3-bosqich.

Darsning borishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich. Mustahkamlash

1.Kirish. 3-Dekabr Xalqaro nogironlar kuni. 8-Dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun. 10-dekabr madhiya qabul qilingan kun. Savodxonlik bayrami. 14-yanvar Vatan himoyachilar kuni.

 

2. Darslik haqida she’r.

3. DTS bo’yicha 2-sinf o’quvchilari bilishi kerak bo’lgan ma’lumot.

4. Yangi mavzuni tushuntirish.

5. Misol yechish

6.Quvnoq daqiqa.

7. Masala yechish

8. Mustaqil ish

9. 5-topshiriqdagi shakllarning nomini toppish

 

Qo’shiq kuylash

Suhbat

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ifodali o’qish

 

She’riy javob

 

 

 

Tushuntirish

 

Musoboqa

O’yin

Tushuntirish

 

Mashq

 

 

Guruhlarda ishlash

 

Didaktik o‘yin

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4 daqiqa

   2 daqiqa

 

   3 daqiqa

 

     

 

   3 daqiqa

 

   2 daqiqa

   2 daqiqa

   3 daqiqa

   3 daqiqa

   4 daqiqa

   3 daqiqa

 

 

 

4 daqiqa

 

5-bosqich. Baholash

 

 

6-bosqich. Sonli xona qo’shiluvchilari yig’indisi shaklida yozish

She’riy topishmoq, test topshiriqlarini ishlash

 

Tushuntirish

Musoboqa

Test

    2 daqiqa

 2 daqiqa

 

 

 

 

    3 daqiqa

1-Assalomu- alaykum .

2-Tanishib olamiz .

Viloyatimiz –

Tumanimiz –

Ona qishlog’imiz –

Maktabimiz –

Sinfimiz –

Sinfdagi o’quvchilar soni –

Darsda qatnashayotgan o’quvchilar soni –

Istagimiz –ilmu odob o’rganish.

Maqsadimiz –Sog’lom bola  barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi

3- Bugungi sana, haftaning qaysi kuni. Hozir qaysi fasl? Bu faslda qaysi  bayramlar  va muhim sanalar nishonlanadi?

3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni, 8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun, 10- dekabr Madhiya qabul qilingan kun, Savodxonlik bayrami, Yangi yil, 14-yanvar Vatan himoyachilar kuni, 21-dekabr O’zbekiston Respublika  Oliy Majlis Qonunchilik palataga, mahalliy kengashlariga ya’ni viloyat, tuman, shahar Xalq deputatlari kengashlariga saylovlar kuni.

4 Qo’limda bor shunday kitob

Ichin ochsang g’ij-g’ij hisob.

O’qisang gar qilar hitob,

Misolim ko’p javobin top.  

Bilsangiz siz ayting shu tob,

Ne atalar ushbu kitob?

Matematikadan sabog’imizni boshlaymiz.

Dars shiori: Bellashamiz, bahslashamiz

Matematika darsida,

Jumboqlarni hal qilamiz

Matematika darsida.

 

4 Guruhlar bilan qisqa tanishuv.

1-Uchburchak-uchta burchagi, uchta tomoni bo’lgan figura bu uchburchak.

2-To’rtburchak- to’rtta tomini, to’rtta tomoni bo’lgan figura bu to’rtburchak.

3-Kvadrat-to’rtala tomoni teng bo’lgan figura bu kvadrat.

4-Olti burchak-Oltita tomoni oltita burchagi bo’lgan ko’p burchak  bu oltiburchak deyiladi.

5.Yangi mavzu bayoni. Bir bor ekan bir yo’q ekan qadim zamonda chol bilan kampir bo’lgan ekan. Bir kuni chol –Kampir, kampir menga bo’g’irsoq pishirib ber debdi. Kampir bo’g’irsoqni pishirib derazaning oldiga qo’yibdi. Bo’g’irsoq derazaning oldida zerikibdi  va dumalab yerga tushibdi. U dumalab ketayotsa oldidan quyon chiqibdi. –Hoy bo’g’irsoq, bo’g’irsoq men seni yeyman debdi. –Quyonjon meni yemang, men maktabga matematika sabog’iga ketayotgan edim, debdi. Yaxshisi menga topshiriq bering, topshiriqni bajara olsam qo’yib yuboring bo’lmasa ixtiyoringiz, debdi. –Senga shunday topshiriq  debdi. –Menga 64+26=   ko’rinishidagi misolni ustun shaklida yozib yechib ber , debdi.

Misolni yozib yechish tushuntiriladi va o’quvchilar daftariga  yozadi. Quyon bo’g’irsoqni qo’yib yuboradi.

2-Bo’g’irsoq yo’lida davom qilibdi. Oldidan “Ayiq ” chiqibdi. –Bo’g’irsoq ,bo’g’irsoq men seni yeyman debdi. –Meni meni yemang, men maktabga matematika sabog’iga ketayotgan edim, debdi. Yaxshisi menga topshiriq bering, topshiriqni bajara olsam qo’yib yuboring bo’lmasa ixtiyoringiz, debdi.-Menga huv anavu yerdan baliq tutib ber debdi. Bo’g’irsoq ishga tushibdi.

Qani bolajonlar bo’g’irsoqga yordam beramizmi?

Qaysi guruh ko’p baliq tutadi o’yini. 2-misol

3. Suhbat. Uy parrandalari qanday maqsadda boqiladi?

Quvnoq daqiqa.

Kampirda bor edi ikkita quvnoq g’oz

Biri oq rang biri kulrang ikkita quvnoq g’oz.

Biri oq rang biri kulrang ikkita quvnoq g’oz.

Bolajonlar 2 soni juft sonmi? Toq sonmi? Juft son ularning qo’shnilari qaysi sonlar. 1 va 3 ular qanday son toq son. Oq rang ingliz tilida qanday aytiladi?

KulrangchI? 1 dan 10gacha ingliz tilida sanang, rus tilida sanang, o’zbek tilida sanang. Juft va toq sonlarni sanang.

3. Bo’g’irsoq yo’lida davom qilibdi. Oldidan bo’ri chiqibdi. –Hoy bo’g’irsoq, bo’g’irsoq men seni yeyman debdi. –Meni meni yemang bo’ri amaki, men maktabga matematika sabog’iga ketayotgan edim, debdi. Yaxshisi menga topshiriq bering, topshiriqni bajara olsam qo’yib yuboring bo’lmasa ixtiyoringiz, debdi, -Bo’lmasa senga topshiriq anavi tovuqlar vag’ozlar haqidagi masalaga yechim top.  Agar tog’ri yechim topa olmasang seni va senga qo’shib tovuqlaru g’ozlarni yeb tashlayman debdi. Bo’g’irsoq masalga yechim izlayapdi. Keling bizlar ham bo’g’irsoq va parrandalarga yordam berib ularni qutqaraylik.

Masalani bir o’quvchiga o’qitib qisqa yozuv bo’yicha yechish.

Tovuqlar uchun 34 kg

G’ozlar uchun 26 kg

Hammasi uchun ?

Yechish : 34+26=60

Javob: 60 kg

4. Bo’g’irsoq yo’lida davom qilibdi, oldidan tulki chiqibdi. –Hoy bo’g’irsoq, bo’g’irsoq men seni yeyman debdi. –Meni yemang tulkijon, men maktabga matematika sabog’iga ketayotgan edim, debdi. Yaxshisi menga topshiriq bering, topshiriqni bajara olsam qo’yib yuboring bo’lmasa ixtiyoringiz, debdi. Bo’lmasa menga bog’ingda bobong va buving yetishtirgan uzumlardan olib kel debdi, -topshiriqni bajara olmasang, bog’ingni payhon qilib seni yeb qo’yaman debdi.

4-misolni tushuntirilib mustaqil ish qilib beriladi.

O’qing, biling, toping sirin kataklarda ne yashirin

64+..             26+..                                           35+..                           72+..      

             90                                                                           100

58+..           77+..                                               65+..                          54+..

 Tushuntirish: Qo’shiluvchi, qo’shiluvchi yig’indi.

Agar ikkinchi qo’shiluvchi noma’lum  bo’lsa  u holda yig’ondidan birinchi qo’shiluvchi ayriladi.

90-64=26     64+26=90

Uzumlarni tulkiga topshiramiz.

Nihoyat uzoqdan maktab ko’rindi.

5.Topshiriqdagi shakllarning nomini yozib bo’g’irsoqni maktabga yetib olishiga yordam beramiz va qo’shiq kuylaymiz.

Men bo’girsoq, bo’g’irsoq

Supradagi un urvoq.

Supurishib oldilar

Qaymoqqa xo’p qordilar.

Pishirdilar tovada,

Sovutdilar hovoda

Qochib ketdim bobomdan

Qochib ketdim buvimdan

Qochib ketdim quyondan,

Qochib ketdim ayiqdan,

Qochib ketdim bo’ridan,

Eshit tulki bo’ldi bas

Uzum bo’lsin senga osh.

Bolajonlar bo’g’irsoq maktabga yetib keldi. Unga maktab haqida tushuncha beramiz. Sheriy javoib.

Maktab degan shunday joy,

Yurib turgan poezdday,

Kechga qolsang bir nafas.

Seni kutib o’tirmas.

Endi bo’g’irsoq har kuni darsini tayyorlab, o’z vaqtida maktabga keladi.

Darsni yakunlash. Uy ishi 6-masala, 7-misol

Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.

Dars sizlarga yoqdimi? Sizlar bilan bo’g’irsoqni chizamiz.  Ikkita doiracha shakli beriladi. Dars yoqgan o’quvchilar birinchi bo’g’irsoqni chizadilar. Dars yoqmasa ikkinchi bo’g’irsoqni chizadilar.

Uyga vazifani tushuntirish. Bir yilda Urganch tumanida        ta uy Yangibozor tumanida      ta uy qurildi. Bir yilda ikkala tumanda nechta uy qurilgan? Masalag

Yechim toping. 7-misoni ustun shaklida yeching.

8- sinf  IHTA

Mavzu:      Mantiqiy amallar. 

Darsning maqsadi

                Ta’limiy :   O`quvchilarga mantiqiy amallar haqida ma’lumot  berish .

                Tarbiyaviy: O`quvchilarni guruhlarda ishlash orqali do`stlik

                                     munosabatlarini tarbiyalash.

                Rivojlantiruvchi: Mantiqiy masalalar yechish malakasini rivojlantirish

Darsning tipi:     Yangi  bilim berish.

Dars metodi:      Aralash

Dars jihozi:        Darslik, ko`rgazmali plakat, slayd.

Darsning borishi va mazmuni.

  I. Tashkiliy qism:  salomlashish, davomatni  aniqlash, o`quv qurollarining darsga    hozirligi tekshirish, guruhlarga bo`lish.

II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

III.Yangi  mavzu  bayoni.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Bugungi darsimizning shiorini “Intilganga tole yor”

O`tilgan mavzuni mustahkalash uchun ikkala guruhga savollar beriladi .Har bir to`g`ri javob uchun rag`bat kartochkari beriladi.

 

1-guruhga 1 – savol 1. Kompyuterning asosiy qurilmalarini va vazifalari ayting?

 

2-guruhga 1- savol 1. Kompyuterning qo`shimcha  qurilmalarini va vazifalari ayting?

 

1-guruhga  2 – savol 2. Zamonaviy kompyuterlar bilan oldin yaratilgan kompyuter lardan ustun va farqli tomonlarini tushuntiring  .

2-Guruhga 2- savol  2. flash – xotira nima.

 

Yangi mavzuni boshlash uchun har bir guruhga 1- masala beriladi.

 

1-guruhga Masala : Oquvchi bir son o`yladi, unga 5ni qoshdi. Chiqqan natijani 3ga bo`lib 5ni hosil qildi.

2- guruhga Masala: Dehqon  daryo o`tib bozorga borib echki, bo’ri va karamn olibdi. Dehqon daryodan bittadan olib otishi kerak. Qanday qilib dehqon hammasini olib o`tadi.

1-guruh masalani matematik  amallar yordamida yechib o`quvchi o`ylagan sonni topadi.

2- guruh masalani mulohaza yuritib masala yechimini topadi.

         2- guruhga berilgan  masalani arifmetik amal bajarish emas, balki muloxaza yuritish asosiy o’rin egallaydi. Mantiqiy masalalarda boshlang’ich qiymatlar bo’lib faqat sonlarni emas, balki muloxazalar ham xizmat qiladi. Mazkur masalalarda mulohazalar ba’zan shunchalik o’zaro qarama-qarshi bo’ladiki, ular ustida amal bajarish va masalani hal qilish juda qiyin bo’ladi. Muloxazalar ustida bajariladigan amallarni mantiqiy amallar deb ataymiz. Xo’sh muloxaza nima? Uning qanday xusisiyatlari bor, degan savollarga javob beraylik. Mulohaza – bu  narsa  va  hodisalarning  sifatini  anglatuvchi  darak  gapdir. Mulohazalar sodda  va  murakkab  bo`lishi  mumkin. Odatda murakkab  mulohazalar  sodda  mulohazalardan  “ Va”, “Yoki”  kabi bog`lovchilar, “Emas” shaklidagi  ko`makchilar  yordamida  yuziladi . Mulohazalarni  lotin  harflari  bilan  belgilash  qabul  qilingan. Har  bir  mulohaza  faqat  ikkita “rost”  yoki “ yolg`on”  mantiqiy  qiymatiga  ega bo`lishi  mumkin.

    Qulay  bo`lishi  uchun  “rost”ni  1  “yolg`on”ni  0 raqami  bilan  belgilash  kiritilgan.

Masalan:

  1. Toshkent O’zbekiston poytaxti      (rost)-1

     2.  17 soni 5 ga qoldiqsiz bo’linadi.     (yolg’on)-0

     3.  Anvarjon 8 yoshda.                           (rost)-1

       Biror  shart   yoki  usul  bilan bog`lanmagan  hamda  faqat  bir  holatni  ifodalovchi  mulohaza   sodda  mulohaza  deyiladi . Mantiqiy  amallar  quyidagi   uch  amallarni:  bular  mantiqiy  ko`paytirish, mantiqiy  qo`shish   va  mantiqiy  inkor  amallarini  o`z  ichiga  oladi.

          Endi  Mantiqiy  ko`paytirish: Ava B sodda  mulohazalar  bir  paytda   rost  bo`ladigan  yangi (murakkab)  mulohazani  hosil  qilish  amali  mantiqiy  ko`paytirish  amali  deb  ataladi . Mantiqiy  ko`paytirish  amali  “Va” bog`lovchisi  orqali  yoki  ^  ko`rinishida  bo`ladi.

Slayd 1 

A

B

A^B

1

1

1

1

0

0

0

1

0

0

0

0

Misollar.

1. A muloxaza-3 tup son.      -rost

   B-muloxaza-3 juft son.        –yolg`on

           Mantiqiy ko’paytma natijasi “ 3 tup va juft son” natijaviy muloxaza qiymati- “yolg’on”.

 2.      A- muloxaza-32 juft son.         -rost

         B-muloxaza- 32 tup son.         –yolg`on  

          Mantiqiy ko’paytma natijasi “ 32 juft va tup son” natijaviy muloxaza qiymati-   “yolg’on”. 

  1.  A-muloxaza-3 toq son.              

 B-muloxaza-3 tup son.

Mantiqiy ko’paytma natijasi “ 3 toq va tup son” natijaviy muloxaza qiymati-“rost”. 

             Endi Mantiqiy  qo`shish:  A va B  mulohazalrning  kamida  bittasi rost  bo`lganda  rost  bo`ladigan  yangi  (murakkab)  mulohazani  hosil  qilish  amali mantiqiy  qo`shish  amali deb ataladi.  Mantiqiy  qo`shish  amali “Yoki” bog`lovchisi  yoki  A+B  ko`rinishida  bo`ladi .

Slayd2

A

B

A+B

1

1

1

1

0

1

0

1

0

0

0

0

Misollar:

  1. A-muloxaza-Uchburchak ABC teng yonli     — yolg`on  

B-muloxaza-Uchburchak ABC turli tomonli.  – rost

Mantiqiy qo’shish natijasi “Uchburchak ABC teng yonli yoki turli tomonli” natijaviy muloxaza qiymati-“rost”. 

2          A-muloxaza-32 toq son.         yolg`on        

 B-muloxaza-32 tup son.         yolg`on  

Mantiqiy qo’shish natijasi  “32 toq yoki  tub son”

 natijaviy muloxaza qiymati- yolg`on   . 

            Endi Mantiqiy inkor:  A mulohaza  rost  bo`lganda  yolg`on, A yolg`on  bo`lganda  esa  rost  qiymat  oladigan  mulohaza  hosil  qilish  amali  mantiqiy  inkor  amali  deb  ataladi . Mantiqiy  inkor  amali  “A Emas” “┐A”   ko`rinishida  yoziladi .

Slayd 3

A

┐A

1

0

0

1

Misollar:

  1. A-muloxaza- gul qizil rangda.   -rost

B-muloxaza-gul qizil rangda emas.    –yolg`on

Mantiqiy inkor natijasi “gul qizil rangda yoki gul qizil rangda emas” natijaviy muloxaza qiymati-“yolg`on”.

 

  1. A-Mulahaza-Berilgan son juft son.

     B-Muloxaza- berilgan son juft son emas.

Mantiqiy inkor natijasi “ berilgan son juft yoki berilgan son juft son emas” natijaviy muloxaza qiymati-“rost”. 

        Ko`rinib  turibdiki,  mantiqiy  o`zgaruvchilar,  munosabatlar,  mantiqiy  amallar  va  qavslar  yordamida  ifodalar  hosil  qilish  mumkin.  Mantiqiy  amallar  quyidagi  tartibda  amalgam  oshiriladi: Inkor,  Mantiqiy  ko`paytirish,  Mantiqiy  qo`shish.  

 Endi  quyidagi  misollarni  ko`ramiz: 

1. Agar  A= rost  B = rost  D = rost   qiymatlar uchun  quyidagi amallar  bajarilsin?

a) A٨ B ٨D    B) A V B V D   C) ךA V B٨D   

Yechish

a)      A٨ B ٨D = rost

1)      A٨ B=rost

2)      A٨ B ٨D = rost 

b) A V B V D   = rost

1)  A V B=rost

2)  A V B V D= rost 

 C) ךA V B٨D

ךA=yolg`on

1)        B٨D= rost

2)        ךA V B٨D= rost 

Yangi mavzuni mustahkamlash 

Savollar

1-guruhga 1)  Sodda  mulohaza deb nimaga aytiladi va ular qanday qiymatlar qabul qiladi?

2-guruhga 2) Murakkab mulohaza deb nimaga aytiladi?

1-guruhga 3)Mantiqiy amallarni ayting ?

2-guruhga 4)Mantiqiy amallar jadvalini og`zaki ayting

4)Mulohazalarga misollar keltiring? 

2.  Agar  D= 5,3 ,  E = 4,0,  A = rost   B = yolg`on   bo`lsa  quyidagi  munosabatlar  o`rinlimi?

1- guruhga  a) (D = E) ^A^B ;                       2-guruhga  a) (D> E) ^ ┐A                    

                   b) A V (D<E)^ ┐A +┐B                               b) A ٨ (D<E) ٨ ┐A V┐B

                   c) (4*5>18,8) ٨ (4<1)                                                   c) (4*5>20 V (4<1)

 

Uyga  vazifa : 

1.      O`tilgan mavzuni takrorlash .

Darslikdagi 7-9 misollar.

 

 

 

O`qituvchi  S.Yuldosheva

 

 

 

Dars ishlanma, referatlar, yuklab olish:
[attachment=1]
[attachment=2]
[attachment=3]
[attachment=4]
[attachment=5]
[attachment=6]
[attachment=7]
[attachment=8]
[attachment=15]
[attachment=16]
[attachment=17]
[attachment=18]
[attachment=19]
[attachment=20]
[attachment=21]

Добавить комментарий